
Ernesto Valverde: Lopetegini iste’foga chiqarish bu adolatsizlikdir
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"dagi hamkasbi Xulen Lopetegini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Lopetegi hozir qanday vaziyatda ekanini yaxshi bilaman. Bu juda og‘ir. Agar jamoada natijalar yaxshi bo‘lmasa, bu borada birinchi murabbiy aybdor bo‘ladi. Futbol shunaqa. Hozir Lopetegi bilan sodir bo‘layotgan holat yana bir necha haftadan so‘ng mening ham boshimga tushishi mumkin. Murabbiylar hamisha qil ustida turishadi.
Men Lopetegiga barcha ezgu tilaklarimni bildiraman. U hozir iste’foga munosibmi yoki yo‘q, ochig‘i buni bilmayman. Lekin, uning iste’foga chiqarilishi adolatsizlik bo‘ladi deb hisoblayman”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” kecha La Liganing 10-turida o‘z maydonida aynan “Real”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar