
Engil atletikachilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi
Bugun engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronning Tehron shahrida o‘tkaziladigan yopiq injootlardagi Osiyo chempiontida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
1-3 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur musobaqada qit’amizning 23 davlatidan 300 nafardan ortiq atletlar 26ta medallar jamg‘armasi uchun bahslashadi.
Musobaqada 60, 400, 800, 1500 va 3000 metrga yugurish, 60 metr masofaga to‘siqlar osha yugirish va estafeta 4x400, langar cho‘p bilan sakrash, uch hadlab, balandlikka va uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, ko‘p kurash (erkaklar ettikurash, ayollar beshkurash) bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.
Osiyo chempionatda mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan 10 nafar atletlar bilan tanishing:
Sergey Dementev Yadro
Grigoriy Kamulya Yadro
Dmitriy Melsitov Balandlik
Javohir Noriev Uzunlik va uch hadlab
Nadiya Dusanova Balandlik
Safina Sa’dullaeva Balandlik
Roksana Xudoyarova Uzunlik va uch hadlab
Elena Smolyanova Yadro
Nigina Sharipova 60 m yugurish.
Aleksandra Yurkevskaya beshkurash
Fikrlar