Emeri: Natijadan mamnun emasman

  • 27 dekabr, 2018, 07:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri “Brayton”ga qarshi (1:1) kechgan APL 19-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Natijadan mamnun emasman. Menimcha, ushbu o‘yinda birinchi taym hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. “Brayton” posboni Obameyang zarbasini qaytardi. Agar vaziyatlardan unumli foydalana olganimizda edi, g‘alaba qozongan bo‘lardik.

Raqibga ko‘plab vaziyatlar yaratishga imkon bermadik. Biroq baribir ular gol urdi. Nima bo‘lganda ham, ochkolik bo‘ldik va kurashishda davom etamiz. Jarayon davom etmoqda. Jamoa tinimsiz ishlamoqda”, – dedi Unai Emeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!