
Ellardays: "Arsenal" doim himoyada yaxshi o‘ynamagan
“Everton” klubi bosh murabbiyi Sem Ellardays Angliya Premer-ligasi 26-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men buni bilaman, “Arsenal” doimo himoyada yaxshi o‘ynamagan. Agarda, biz yaxshi paslar bilan o‘yin tashkil eta olsak, qarshi hujumda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lamiz.
“Suonsi” ulardan ochko olishi mumkin. Biroq “Emireyts” bu boshqa narsa.
“To‘pchilar” bu mavsum u qadar ko‘p gol urmayotgan bo‘lsada, ularning hujum chizig‘i kuchli”, – deb aytib o‘tdi Ellardays.
Fikrlar