
Eldor Shomurodov: Menga ishonch bildirgani uchun murabbiyimga rahmat
Xabaringiz bor kecha Rossiya premer-ligasining 28-turida hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov (“Rostov”) hamda Vagiz Galiulin (“Tosno”) to‘p suradigan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishdi.
E’tiborlisi, shu kuni “Rostov” raqibini 2:0 hisobida taslim etdi va har ikkala golga ham Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Uchrashuvdan so‘ng hamyurtimiz o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bunday ajoyib stadionda gol urish yoqimli, agar ikki marta ursang bu – super. Stadionda ajoyib muhit yaratib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat.
Bu gollar nafaqat men uchun, balki qiyin axvolga tushib qolgan jamoamiz uchun juda muhim edi. Bungacha menda biroz bosim bor edi. O‘ylaymanki endi biroz osonroq bo‘ladi.
Murabbiyim menga ishonch bildirib asosiy tarkibda maydonga tushirgani uchun rahmat. Qolaversa, meni qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun jamoadoshlarimdan ham minnatdorman”, - deydi Shomurodov.
Fikrlar