Edin Jeko terma jamoasi rekordini takrorladi

  • 8 sentabr, 2018, 22:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi forvardi Edin Jeko bugun UEFA Millatlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu bahs 32 yoshli “Roma” a’zosi uchun terma jamoadagi 94-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa u bu ko‘rsatgich borasida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yinda ishtirok etgan Emir Spaxichga tenglashib oldi.

Ma’lumot uchun, Jeko terma jamoasi safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 94ta o‘yinda jami 52ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!