EChLda hafta futbolchisiga nomzodlar e’lon qilindi
Joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Kechagi bahslardan so‘ng UEFA rasmiy sayti musobaqaning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisiga nomzod to‘rt nafar futbolchini e’lon qildi.
Ular Neymar (PSJ), Endryu Robertson (“Liverpul”), Leroy Sane (“Manchester Siti”) va Giyom Oaro (“Yang Boyz”). Nomzodlarga ovoz berish UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.



Fikrlar