
Dzyuba Rossiya terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida Sichyovga etib oldi
Rossiya terma jamoasi forvardi Artyom Dzyuba kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga (1:2) qarshi kechgan bahsda g‘alaba goliga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, ushbu gol 30 yoshli futbolchining terma jamoa safidagi 15-goli bo‘ldi. U bu ko‘rsatgich borasida Dmitriy Sichyovga tenglashib oldi.
Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Aleksandr Kerjakov hisoblanadi. Uning hisobida 30ta gol bor.
Fikrlar