
Dragan Cheran: Penalti tepayotganda qo‘rqdim
"Bahs qiyin kechishini bilgandik. Mezbonlar safida yaxshi saviyadagi legionerlar bor. Biz jamoa bilan yaxshi ko‘rsatishga urindik va buni uddaladik. O‘yin og‘ir o‘tdi deb ayta olaman.
Penalti tepayotganda sal qo‘rqdim. Bir necha daqiqa oldin raqib ura olmagandi. Lekin xotirjamlikni saqlab, fikrimni jamladim.
Guruhimiz juda kuchli, lekin imkonsiz ish yo‘q. Ikki qiyin o‘yinni yutdik. Endi guruhda yaxshi qatnashishga urinamiz", - deb serbiyalik futbolchining so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar