
Denis Istominga teng keladigan yo‘q
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Qozog‘istonda o‘tgan "Challenger" musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Turnirning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Denis serbiyalik Nikola Miloevichga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Ushbu bellashuvning birinchi setida tennischimiz tay-brekda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Biroq keskin va murosasiz o‘tgan ikkinchi setda, Istomin raqibini tay-brekda engdi. So‘nggi hal qiluvchi uchinchi setda esa 6:2 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar