
Denis Istomin Amerikadagi yurishini davom ettiradi
AQShda Professional tennischilar uyushmasi – ATP tomonidan "Chicago Challenger" trunirida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ishtirok etmoqda.
Denis sovrin jamg‘armasi 150,000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning yakkalik va juftlik bahslarida o‘z omadini sinab ko‘radi.
D.Istomin yakkaliklar o‘rtasidagi ilk uchrashuvini salvadorlik Marselo Alvaroga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv ertaga, 5 setyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Juftlik bahslarida tennischimiz frantsiyalik Nis Xyugo bilan amerikalik tennischilar – Jiron Markos va Son Kviatkovskini sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar