
David Luiz yana Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin
"Monako" ham "Chelsi" himoyachisi David Luiz uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda UOL Esporte xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra monakoliklar 31 yoshli braziliyalik futbolchini mavsum yakunlangach, ya’ni erkin agentga aylanganda o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Luizga Braziliyaning “Palmeyras” klubidan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, David Luiz o‘z joriy mavsum “Chelsi” safida 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar