
"China Dragons" menejeri: Jahonda etakchilardan bo‘lgan o‘zbek bokschilaridan ko‘p narsa o‘rganishimiz kerak
"Uzbek Tigers" jamoasi bilan kuch sinashishga kelgan "China Dragons" menejeri Jou Tao o‘zbekistonlik bokschilarning imkoniyatini va salohiyatini yuqori baholadi. Jou Tao buni SPORTS.uz axborot portali muxbiriga o‘zbek bokschilari dunyoda yuqori maqeida ekanini ta’kidladi.
- "Uzbek Tigers" jamoasi nomidan ertaga ringga chiqadigan bokschilar bilan birorta vakilimiz hali to‘qnash kelmagan, - dedi Jou Tao. - "China Dragons" o‘z tarkibiga mamlakat chempionlari, Osiyo chempioni va Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan bokschilarni jalb qildi. O‘zbekiston boks bo‘yicha dunyoda etakchi davlatlardan biri. Biz o‘zbek bokschilari bilan to‘qnash kelganimizdan xursandmiz. Chunki bu kabi uchrashuvlar katta mahorat va boy tajribaga bokschilaringizdan ko‘p narsa o‘rganishimiz imkonini beradi.
"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvi natijalari SPORTS.uz axborot portalida onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
Fikrlar