Chicharito: "Vest Xem" uchun MYudagidan ko‘ra yaxshiroq o‘ynamoqchiman

  • 10 avgust, 2017, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar davrida Leverkuzenning “Bayer” klubidan “Vest Xem”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Xaver Ernandes APLning birinchi turida o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan “Manchester Yunayted”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bilmadim, agar MYu darvozasini ishg‘ol etsam buni nishonlaymanmi yoki yo‘q, bu haqda o‘ylab ko‘rmadim. Bu mening sobiq jamoam, sobiq muxlislar, sobiq stadion...ammo men birinchi navbatda “Vest Xem”ni o‘ylashim kerak.

Golni nishonlash haqida o‘ylamayapman. Shunchaki maydonga chiqib, jamoa oldiga qo‘yilgan ijobiy natijani qayd etishga yordam berishni istayman. Mening premer-ligaga qaytishim “Old Trafford”da sodir bo‘lishidan judayam xursandman.

Men “bolg‘achiman” va “Manchester Yunayted”dagidan ko‘ra “Vest Xem” uchun yanada yaxshiroq o‘ynashni istayman”, - deydi meksikalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, APLning dastlabki turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Vest Xem” klublari o‘rtasidagi bahs 13 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!