“Chelsi” hech kim tanimaydigan futbolchi uchun 80 mln to‘ladi, u kim o‘zi?

  • 9 avgust, 2018, 20:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshli bu darvozabon jahonning eng qimmatbaho golkiperiga aylandi. Xo‘sh, u kim o‘zi? Quyida Kepa haqida batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Tecno

9 ming kishi yashaydigan shaharchada tug‘ilgan

ondarroa

Bu Ondarroa o‘lkasi, 3,6 km kvadrat maydonga ega. 2010 yilgi statistik ma’lumotlarga qaraganda, ushbu o‘lkada 8 856 nafar inson istiqomat qiladi. Qahramonimiz shu erda tug‘ilgan. Bu shahardan Bilbaogacha 41 kmlik masofa bor. U 9 yoshida “Atletik” akademiyasiga keladi va haftasiga 2-3 marta uzoq yo‘l bosib, mashg‘ulotlarga qatnashga majbur bo‘ladi. Oradan etti yil o‘tib farm-klub – “Baskoniya” safida debyut qiladi. Bir marta ehtiyoj tug‘ilganidan maydonda haratlanadigan futbolchi bo‘lib ham tushib, 2 ta gol kiritishga ham erishadi.

U Evropa chempioni

arriza

2012 yilda Kepa Ispaniya yoshlar (U-19) termasi bilan Evropa chempionatiga boradi. Tarkibda Suso, Pako Alkaser, Saul, Xese kabi futbolchilar bor edi. Xulen Lopetegi boshqaruvidagi jamoa o‘shanda guruh bosqichini juda osonlik bilan bosib o‘tadi. Yarim finalda esa Frantsiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Darvoqea, o‘shanda “uch ranglilar” safida Pogba va Umtitilar gol kiritishadi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida qahramonimiz Umtiti hamda Kondogbiyalar tomonidan berilgan zarbalarni bartaraf etadi va jamoasini finalga olib chiqadi. Finalda esa Xese tomonidan kiritilgan yagona gol ispanlarga Gretsiyani mag‘lub etishiuchun etarli bo‘ladi.

Kepa Ispaniya termasi to‘p surgan “Atletik”ning 100-futbolchisi

kepa spain

Bu voqea o‘tgan yili noyabr oyida sodir bo‘ladi. Lopetegi yosh darvozabonga Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda ishonch bildiradi. Malagada kechgan bellashuvda “qizil furiya” 5:0 hisobida raqibdan ustun keladi. Arrisabalaga uchinchi darvozabon sifatida Rossiya mundialida ishtirok etganini ham qo‘shimcha qilish joiz.

Qishda “Real”ga o‘tmadi

Qishda qator ommaviy axborot vositalarida Kepaning “Real”ga o‘tishi borasida xabarlar paydo bo‘ldi. Emishki, madridliklar yozda shartnomasi tugaydigan darvozabon uchun “Atletik”ka 20 mln evro berishga tayyor. Oradan ikki hafta o‘tib esa Kepa bilbaoliklar bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Tovon puli ham oldingidek 20 mln emas, 80 mln evro etib belgilandi.

“Yaqinlarim va do‘stlarim bilan maslahat qilgandan so‘ng qolishga qaror qildim. Men jamoam uchun yana etti yil o‘ynashga tayyorman”, – degan edi Kepa bundan yarim yil ilgari.

Uning ustunligi nimada?

qush1

Mutaxassislar uning reaktsiyasiga yuqori baho berishmoqda. Haqiqatdan ham YouTube videoxostingida uning seyvlari aks etgan lavhalar talaygina. U penaltilarni bartaraf etishga ham ancha usta, o‘tgan mavsum “Malaga” bilan kechgan o‘yinda qahramonimiz o‘zini ko‘rsatgan edi.

Biroq unda to‘pga chiqishda xatoliklar bor ekanligini ham ko‘rish mumkin. Burchak to‘plari, jarima zarbalari vaqtida qanday harakat qilish kerakligi borasida o‘rganadigan jihatlari bisyor.

Qushlar shaydosi

Kepa qushlarga juda ham qiziqadi. U otasi bilan Oker, Rokki, Raykonen ismli qushlarni boqadi. U bu qushlar bilan turli tanlovlarda g‘olib ham chiqqanligini aytish joiz.

Shahzod Xolboev tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!