
"Chelsi" ham Beyli uchun kurashga qo‘shildi
Londonning "Chelsi" klubi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi vingeri Leon Beyli uchun kurash boshladi. Bu haqda fichajes.com xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “aristokratlar” 20 yoshli yamaykalik futbolchi bilan o‘z hujum chizig‘ini kuchaytirishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Beyli uchun shuningdek “Chelsi”ning hamshahari – “Arsenal” ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Beyli o‘tgan mavsum “Bayer” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar