"Chelsi" Kurtuaning narxini e’lon qildi

  • 30 iyun, 2018, 19:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Tibo Kurtuani yozgi transferlar mavsumida sotishga tayyor, deya xabar beradi Telegraph nashri. Manbada yozilishicha, londonliklar 26 yoshli futbolchini 50 million funtga qo‘yib yuboradi.

Tecno

Mazkur qaror uning jahon chempionatiga qadar klub bilan shartnoma imzolamaganligi bilan izohlanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan. Bu bilan klub uni keyingi mavsum yakunida erkin agentga aylanmasligining oldini olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua “Chelsi” safida 2011 yildan beri to‘p surib kelmoqda, ammo o‘shanda “Atletiko” ijaraga berilgan edi. 2014 yil u ingliz klubiga qaytdi va asosiy darvozabonga aylandi.Bu vaqt ichida u uch marta Angliya chempioni va bir martadan Angliya hamda Liga kubogi sohibiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!