"Chelsi" Bakayoko uchun "Monako"ga 50 mln evro taklif qilmoqchi

  • 19 may, 2017, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi “Monako” yarim himoyachisi Temue Bakayokoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha “aristokratlar” yangi haftada 22 yoshli Frantsiya terma jamoasi a’zosiga 50 mln evrolik taklif bilan murojaat qiladi. “Chelsi” futbolchisi Mishi Batshuayi ushbu transferning bir qismi bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari londonliklar “Monako”ning 21 yoshli a’zosi Toma Lemarni ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ammo, frantsiyaliklar birdaniga 2ta yarim himoyachisi bilan hayrlashmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Bakayoko joriy mavsum Frantsiya chempionatining 31ta uchrashuvida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!