
"Buxoro" safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shildi
Aksariyat Superliga klublari qatori “Buxoro” ham yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Baxtiyor Ashurmatov esa jamoaga tajribali va mahoratli futbolchilarni taklif qilmoqda.
Jumladan, bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda Salamat Qutiboev, Ivan Nagaev va Laziz Ubaydullaevlar “Buxoro” mashg‘ulotlariga qo‘shilishgan. Shuningdek, jamoaga Shavkat Salomovning kelishi ham kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq buxoroliklar Andrey Sidovor bilan kelishuvga erishishgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar