“Bunyodkor”ning bo‘lajak raqibi to‘g‘risida 10 ta fakt

  • 11 mart, 2017, 23:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dushanba kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi OChL 3-turida o‘z maydonida Eronning “Zob Ahan” jamoasini qabul qiladi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan “qaldirg‘ochlar”ning bo‘lajak raqibi to‘g‘risidagi faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

1. “Zob Ahan” jamoasi 1969 yilning 6 iyulida tashkil topgan;

2. Jamoa o‘z uy uchrashuvlarini 1998 yilda foydalanishga topshirilgan 15 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Fulad Shahr” stadionida o‘tkazib keladi;

3. E’tiborlisi, xuddi shu nomdagi baksetbol, volleybol, taekvondo, suzish, futzal  jamoalari ham mavjud. Aytgancha, “Zob Ahan” jamoasining laqabi “timsohlar” ekan;

4. Qayd etish joiz, “Zob Ahan” biror marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritmagan. Ammo shunday bo‘lsada, jamoa kubok o‘yinlarida ancha yaxshi natijalar qayd etgan – 4 ta g‘alaba va 1 ta final. Qolaversa, “timsohlar” mamlakat superkubogini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan;

5. “Zob Ahan” OChL finaliga chiqqan ikki Eron klubidan biridir(ikkinchisi “Sepaxon”). Ammo 2010 yilgi mavsumda hal qiluvchi bahsda jamoa Janubiy Koreyaning “Seongam Ilva” jamoasiga 1-3 hisobida imkoniyatni boy beradi;

6. “Zob Ahan” jamoasi Isfaxon derbisida ishtirok etadi. “Sepaxon” bilan kechadigan mazkur qarama-qarshilikda ustunlik Jeparov jamoasi tarafida – 23 ta g‘alaba, 18 bahsda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, qolgan 19 o‘yinda “Zob Ahan” g‘alaba qozongan;

7. “Zob Ahan”ni bugungi kunda mahalliy mutaxassis – Mujtaba Xusayni boshqarmoqda. 42 yoshli mutxassis o‘tgan yilning kuzida Yaxyo Gulmuxammadining o‘rnini eggalaydi;

8.  “Zob Ahan” safida eng ko‘p gol urgan futbolchi bu Mehdi Rajabzodadir – 88 ta gol. Aytgancha, ushbu hujumchi bu mavsum chempionatda 7 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi;

9. “Zob Ahan” ayni vaqtda Eron Pro ligasida 16 jamoa orasida 4-o‘rinni egallab turibdi. Hazfi kubogidagi yurish esa yarim finalda nihoyasiga etgan.

10. “Zob Ahan” tarkibida 3 nafar legioner futbolchilar mavjud. Bular hujumchi Jerri Bengston(Gonduras), yarim himoyachi Rabih Ataya(Livan) va himoyachi Ali Hamamlardir.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!