Bundesliganing yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

  • 3 iyun, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gelzenkirxenning "Shalke" klubi himoyachisi Naldo Kicker nashri talqini bo‘yicha yakunlangan 2017/18 yilgi mavsumda Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Braziliyalik futbolchi uchun so‘rovnomada ishtirok etganlarning 19,7 foizi o‘z ovozini berdi. U borada “Bavariya”ning ikki futbolchisi - Robert Levandovski (16,8%) va Joshua Kimmixlarni (13,4 %) ortda qoldirishga erishdi.

Ma’lumot uchun, Naldo yakunlangan mavsum “Shalke” safida jami 38ta bahsda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!