
Braziliya ertagi Angliyada davom etmoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-30 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Sheffeld shaxrida paralimpiyaning suzish sport turi bo‘yicha Jaxon seriyasi turkumiga kiruvchi Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 45ta davlatdan 575ta sportchi ishtirok etib, ular orasida 6 nafar O‘zbekiston paralimpiya sportchilari ham sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasidan SPORTS.uz internet-axborot portaliga xabar berishlaricha, ushbu musobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimiz yakuniy hisobda 3ta oltin, 3ta kumush, 3ta bronza jami 9ta medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, Dmitriy Xorlin kompleks suzishda yo‘nalishida 200 metr masofada 02:16.14, 400 metrga erkin suzishda 04:11.41 va 100 metrga batterflyay usulida suzishda 00:59.21 natijalari bilan 3ta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir vakilimiz Muzaffar Tursunxo‘jaev 50 metr va 100 metr masofaga erkin suzishda 00:24.40 va 00:53.70 natijalari bilan 2ta kumush medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Foto: O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Shuningdek, ayollar o‘rtasida kechgan baxslarda esa xamyurtimiz Shohsanam Toshpo‘latova 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida 00:28.08 natijasi bilan bronza medalga egalik qilgan bo‘lsa, 200 metrga komleks suzish yo‘nalishi da 02:26.62 xamda 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida 01:05.51 natijalari bilan 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Yana bitta sportchimiz Fotima Amilova esa, 100 metrga brass usulida suzish yo‘nalishida 01:15.12 natijasi bilan bronza medalini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar