"Borussiya" Dortmundning naqd 7 nafar futbolchisi Chempionlar ligasining so‘nggi turida maydonga tusha olmaydi
“Borussiya” Dortmund klubining naqd 7 nafar futbolchisi joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Monako”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra shu kuni Marko Roys, Aksel Vitsel, Djeydon Sancho, Yakob Larsen, Tomas Deleyni, Lukash Piщek hamda Den-Aksel Zagadu kabi futbolchilar dortmundliklarga yordam bera olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Monako" - "Borussiya" uchrashuvi ertaga 11 dekabr kuni "Lui II" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, “Borussiya” Dortmund pley-off masalasini allaqachon hal qilib bo‘lgan.



Fikrlar