
“Borussiya” Dortmund “Barselona” himoyachisi uchun 30 mln evro taklif qilmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Barselona" himoyachisi Yerri Minani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra nemis grandi 23 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 30 mln evro taklif qilmoqchi. O‘z navbatida bunday taklif “Barselona”ni ham to‘liq qanoatlantirishi mumkin. Biroq, kataloniyaliklar futbolchining shartnomasiga qayta sotib olish huquqini ham kiritishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Mina "Barselona" safiga o‘tgan qishki transferlar davrida Braziliyaning "Palmeyras" klubidan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar