
Boks: Mirazizbek Mirzahalilov ham yarim finalda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun bahslari doirasidan o‘rin olgan boks bo‘yicha -56 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi yarim final bosqichi ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
Xususan, ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Miraziz Mirzahalilov mo‘g‘ulistonlik Enx-Amar Xarxuga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan bahs hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi vakilimizning yarim finaldagi raqibi indoneziyalik Sunan Agung Amoragam bo‘ladi.
Qayd etish lozim, bugun shuningdek Isroil Madrimov ham yarim final bosqichiga chiqish uchun eronlik raqibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar