
Boks: 2 nafar hamyurtimiz yarim finalda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun bahslarida bokschilarimiz ham oltin medal sari yana bir qadam tashlashdi.
Xususan, bugun o‘tkazilgan -49, -64 kg vazn toifalarida hamyurtlarimizdan Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorovlar chorak finali doirasidagi janglarda ringga ko‘tarilishdi.
Xususan, -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov qirg‘izistonlik Mirlan Turkbay o‘g‘lini 5-0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Iqboljon Xoldorov koreyalik Lim Xyunsukka hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Qayd etish lozim, final oldidan Hasanboy Do‘smatov o‘z vazn toifasida xitoylik Jong Lin Vuni sinovdan o‘tkazsa, Iqboljon Xoldorovga yaponiyalik Daisuke Narimatsu raqiblik qiladi.
Qayd etish lozim, biroz vaqtdan so‘ng -75 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Isroil Madrimov ham chorak final bosqichi doirasida eronlik Saidshaxin Musaviga qarshi ringga ko‘tarilsa, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov mo‘g‘lulistonlik Enx Amar Xarxuuga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 17:15 ga belgalangan.
Fikrlar