"Boka Xuniors" futbolchisi faoliyatini "Borussiya" Dortmundda davom ettiradi

  • 11 yanvar, 2019, 20:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Boka Xuniors” himoyachisi Leonardo Balerdi Dortmundning “Borussiya” klubiga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 19 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha argentinaliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra dortmundliklar Balerdi uchun “Boka Xuniors”ga 16 mln evro berishadi. Argentinalik futbolchi esa “Borussiya” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda Balerdi yangi hafta boshida Dortmundda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!