
Boatengning transferi MYuga 45 mln funtga tushishi mumkin
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng “Manchester Yunayted”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar va myunxenliklar vakillari 29 yoshli futbolchining transferi yuzasidan o‘zaro muzokaralar o‘tkazishgan. Unga ko‘ra MYu Boatengni 45 mln funtga sotib olishga umid qilmoqda.
O‘z navbatida futbolchining o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. Faqat u bu borada o‘zi uchun ham ma’qul taklifni qabul qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Boateng uchun shuningdek Frantsiyaning PSJ klubi ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Fikrlar