Boateng "Bavariya"da qolishga qaror qildi

  • 15 iyul, 2017, 13:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng yangi mavsumda ham jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra kecha “Bavariya” futbolchilari mashg‘ulot o‘tkazishgan va shundan so‘ng yangi mavsumda jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchilarning ham tanishtiruv ma’rosimi bo‘lib o‘tgan. Tadbirda yaqindagina “Real”dan ko‘chib o‘tgan Xames Rodriges ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Germaniya terma jamoasi a’zosi mavsumlar oralig‘ida ingliz klublaridan biriga o‘tib ketishi borasida xabarlar tarqalgan edi. O‘shanda futbolchi jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘tgan mavsumda uning o‘rniga asosan himoya markazida Mats Xummels va Xavi Martineslarning xizmatlaridan foydalanganligi sabab ushbu qarorga kelgani aytilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!