Bloger FIFAning The Best sovrini egalaridan norozi

  • 26 sentabr, 2018, 14:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uchinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu tadbir oynai-jahon orqali tomosha qilinish bo‘yicha yangi ko‘rsatkichlarga erishdi.

Tecno

Biroq hammasi ham silliq kechgani yo‘q. Ayniqsa ba’zi individual sovrinlarning yangi egalari bo‘yicha savollar ko‘p.  Quyida qanday qilib FIFA The Best ni The Worst ga (eng yomon)aylantirib qo‘ygani haqida mulohaza yuritamiz.

Leo Messi – 5-o‘rinda

Leo Messi sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi. Uning hatto The Best deb atalayotgan ushbu sovrin podiumiga chiqmaganining o‘zi be’manilik. 2009-yildan beri argentinalik daho bir necha bunday sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Biroq ushbu sovringa bu yil «Real Madrid» va Xorvatiya bilan ajoyib mavsumni o‘tkazgan Luka Modrich haqliroq edi. Bu adolatdan bo‘ldi. Biroq Messi marraga beshinchi bo‘lib etib kelishi? Bu ushbu sovringa ovoz bergan futbolchilar, murabbiylar va jurnalistlarda muammo bor degani.

Yoki kriteriyalarni o‘zgartirish shart, yoki butunlay tizimni almashtirish lozim. Chunki futbolda har qanday individual sovrinda Leo Messi kamida kuchli uchlikda bo‘lishi lozim. Boz ustiga u o‘tgan mavsumni «Barselona» bilan 37 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsa. Bu hazilakam ish emas.

Marta ayollar o‘rtasidagi eng kuchlisi

Hamma Martani yoqtiradi. U haqiqatdan ayollar orasida barcha davrlarning eng kuchlisi, lekin uning ushbu sovrinni yutishi biroz g‘alati. Bu shuni ko‘rsatadiki, sovringa ovoz beruvchi kichik mamlakatlar vakillari (FIFAning ko‘p qismini aynan kichik mamlakatlar tashkil qiladi) OAV ni kuzatishga umuman vaqti bo‘lmaydi, yoki bunday imkoniyatdan mosuvo.

Shu sababli ular nomdor futbolchini tanlab qo‘ya qolishadi. Bu esa yana Marta yutadi degani. U bu yil faqatgina Kopa Amerika Feminina ni qo‘lga kiritdi. “Volfsburg” vakilasi Pernil Xarder yoki sensatsiya ko‘rsatgan Ada Xegerberg undan yaxshiroq mavsumni o‘tkazishdi.

Xegerberg «Lion» safida 15 gol kiritib qatorasiga uchinchi marta ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasini yutdi. 28 goli esa ichki chempionatni qo‘lga kiritishiga bosh sababchi bo‘ldi. U ayollar orasidagi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 23 yoshli futbol vakilasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ramziy terma jamoadagi muammolar

Bu safar FIFPro talqini bo‘yicha «Yilning ramziy terma jamoasi»da muammolar etarlicha bo‘ldi. Ushbu kuchli tarkibni kategoriyalarga bo‘lib tahlil qilish qulayroq. Zero turli mintadaqagi terma jamoalar futbolchilari tomonidan ovoz berish natijalari asosida aniqlangan ushbu tarkibga aniq qoida va kriteriyalar joriy qilinishi lozim.

Dunyoning eng yaxshi darvozaboni yo‘q?

Sobiq darvozabonlar va hujumchilardan tuzilgan ekspertlar guruhi Tibo Kurtuani FIFAning eng yaxshi darvozaboni deb topdi. Aytishingiz mumkin u ajoyib Mundialni o‘tkazdi deb. Qolganlar esa FIFPro ning ramziy termasiga David De Xeani kiritishni ma’qul topdi.

Dani Alvesning borligi nima degani?

Dani Alvesh 2017-yilning startida «Yuventus» safida to‘rt oy o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Yoshi o‘tib borishi va jarohatlar olishi «Barselona»dan ketganidan beri uning o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. U ortiq mustahkam kuch emas. Biroq u ijtimoiy tarmoqlarda faol va muxlisi ko‘p. Boisi u quvnoq. Ramziy terma jamoada uning o‘rnida bo‘lishga loyiq o‘nlab nomzodlar bor edi.

Eden Azar yarim himoyachi?

Kim futbolchilarni pozitsiyaga ajratadi? Eden Azar «yarim himoyachi»ligiga sabab u yarim himoyada ko‘p yordam beradi, degan farazdan kelib chiqqan bo‘lsa ajabmas. Bunday deb faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi orzu qiluvchilar shunday tasavvur qilishadi. To‘g‘ri u paslar uzatishni yoqtirishi mumkin, ammo u vaqtini raqib jarima maydonchasi ichida o‘tkazadigan vinger-hujumchi hisoblanadi.

Saloh kuchli uchlikda, ammo ramziy termada unga joy yo‘q?

Muhammad Saloh jurnalistlar, muxlislar, futbolchilar tomonidan ovoz berish natijasida dunyoning eng kuchli futbolchilari uchligidan joy oldi. Biroq misrlik futbolchini kuchli o‘n biri kishilik tarkibga kiritishni joiz deb topishmadi. Ehtimol bu erda ular to‘g‘ri qarorni qabul qilishgan. Ularning miyasi bunga kelganda “Messi” degan nomni ko‘rgan va asosiy tarkibda uni ko‘rishni istab qolishgan.

Rekordlarni o‘rnatuvchi «Manchester Siti» vakillariga o‘rin yo‘qmi?

«Shaharliklar» o‘tgan mavsumda so‘zsiz eng yaxshi jamoalardan biri bo‘ldi. Ular Premer Ligada 100 ochkolik dovonni bosib o‘tishdi va yorqin futbol namoyish qilishdi. Biroq «Liverpul»ga qarshi omadsiz o‘yinlar tufayli Chempionlar Ligasini ancha barvaqt yakunlashga majbur bo‘lishdi.

Biroq taqdirlash marosimiga kelganda «shaharlik» bolalarning birortasiga hech qaerda joy topilmadi. Premer Liganing eng yaxshi futbolchisi Kevin De Bryuyne 3.54 % bilan 8-o‘rindan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!