Bilich: Angliyada Xartni qadriga etishmayapti

  • 13 oktabr, 2017, 14:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich Angliyada darvozabon Jo Xartga nisbatan bo‘layotgan munosabatga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Uni qadriga etishmayapti deb o‘ylayman. Uning Sloveniyaga qarshi bahsini ko‘rdim, u shu kuni uchrashuvning asosiy qahramoni edi. U “Manchester Siti”da, “Torino”da yoki “Vest Xem”da o‘ynashidan qat’iy nazar ajoyib darvozabon.

Ha, “Vest Xem” premer-liganing dastlabki 4ta bahsida 10ta gol o‘tkazib yubordi, biroq keyingi 4ta o‘yindan 3tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab koldi”, - Bilich.

Ma’lumot uchun, APLning o‘tgan 7ta turida raqiblar 30 yoshli Xart darvozasini 13 marta ishg‘ol etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!