Bilasizmi? Umtiti yozda "Real"ga o‘tishi ham mumkin edi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Samuel Umtiti o‘tgan yoz "Real" a’zosiga aylanishi mumkin edi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 24 yoshli frantsuzning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Lekin, uzoq davom etgan muzokaralar samrasiz yakunlangan va shundan so‘ng “ko‘k-anor ranglilar” Umtiti bilan amaldagi shartnomani 2023 yilgacha uzaytirishga qaror qilishgan.
Ma’lumot uchun, Umtiti “Barselona” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.



Fikrlar