
Bilasizmi? Eden Azar JCh-2018da eng ko‘p jarima to‘pi ishlagan futbolchi bo‘ldi
Belgiya terma jamoasi vingeri Eden Azar yakuniga etgan jahon chempionatida jarima zarbalari ishlash bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki musobaqa davomida jami 6ta o‘yinda ishtirok etgan 27 yoshli belgiyalik futbolchini raqiblar naqd 28 marta qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishgan.
Bu borada Azardan keyingi o‘rinlarni Neymar (26), Ivan Rakitich (20), Pol Pogba (17), Lyuk Ernandes (15) hamda Lionel Messi (15) kabi futbolchilar egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, Azar Belgiya terma jamoasi bilan birga musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar