
Beyl Uels terma jamoasi qarorgohini tark etdi
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl Uels terma jamoasi qarorgohini tark etdi. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 29 yoshli futbolchining muddatidan avval “qirollik klubi”ga qaytishiga sabab, uning mushaklaridan olgan jarohati bezovta qila boshlagan.
Endi Rayan Giggz Millatlar ligasining Irlandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsida Beylning xizmatlariga tayana olmaydi.
Fikrlar