
Beyl MYuga o‘tishdan "Tottenxem"ga qaytishni ustun qo‘ymoqda
"Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqishlariga sabab bo‘layotgan "Real" vingeri Garet Beyl faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchi “shporlar” safiga qaytish istagida. Beyl MYuga o‘tgandan ko‘ra sobiq jamoasiga qaytishni xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Beyl o‘tgan mavsum “Real” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar