“Betis” ustozi: Ronaldu “Real”dan ketishini istayman, unga qarshi o‘ynash juda qiyin
“Betis” klubi bosh murabbiyi Kike Seten Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“EChL finalida “Real” g‘alaba qozongach, shu ondayoq televizorni o‘chirdim, ammo, keyin uning o‘sha bayonotini o‘qidim. U qoladimi, yoki ketadimi – menga farqi yo‘q.
Biroq kelgusi mavsum unga qarshi o‘ynashni istamagan bo‘lar edim. Unga qarshi o‘ynash juda qiyin. Lekin, shunisi ham borki, uning o‘rniga keladigan futbolchi ham shunday darajada, balki, undan ham kuchliroq bo‘ladi”, – deb aytib o‘tdi Seten.



Fikrlar