Benzemaning safga qaytish muddati ma’lum bo‘ldi
Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzema “Alaves”ga qarshi (0:1) La Liga 8-turida jaroham olgani haqida xabar berilgandi.
30 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va uning o‘ng oyoq tizza osti paylari shikastlangani ma’lum bo‘ldi. Futbolchi taxminan 2-3 haftadan keyin safga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli frantsuz hujumchisi esa 11ta o‘yinda 5ta gol urishga erishgan. Ispaniya chempionati 8-turidan keyin madridliklar 14 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda.



Fikrlar