
Benzema "Real" safidagi yubiley golini kiritdi
Chexiyada kechayotgan uchrashuvning 21-daqiqada madridliklar hujumchisi Karim Benzema raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu uning "qaymoq ranglilar" safidagi 200-goli bo‘ldi. Frantsiyalik forvardga buncha gol kiritish uchun 429 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Benzema "Real" safida 200 ta gol kiritgan ettinchi futbolchi bo‘lganligini qo‘shimcha qilish joiz.
Fikrlar