
Ben Arfa PSJni sudga bermoqchi
Ayni damda “Renn” klubi sharafini himoya qilayotgan PSJ sobiq yarim himoyachisi Xotam Ben Arfa Parij klubini sudga bermoqchi.
Goal.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchi PSJdan 7-8 million evro tovon puli undirmoqchi. Bunga Ben Arfaning 2017/18 yilgi mavsumda birorta ham o‘yinda ishtirok etmagani asos bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ben Arfa PSJ safida 2016-2018 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar