Ben Arfa "Nitstsa"ga qaytishi mumkin

  • 23 avgust, 2018, 18:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda erkin agent maqomida bo‘lgan yarim himoyachi Xatem Ben Arfa faoliyatini davom ettirish uchun bir qator takliflarni ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga 31 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “Nitstsa” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Aynan ushbu jamoa rahbariyati Ben Arfani jamoada qolgan hujumchi Mario Balotelliga yaxshi sherik bo‘lishiga ishonmoqda.

Ben Arfa shuningdek Germaniya va Portugaliya klublaridan ham takliflarga ega. Biroq, u Frantsiya chempionatini tark etishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Ben Arfa uchun “Nitstsa” begona emas. Boisi, u 2015/16 yilgi mavsumda ushbu jamoa safida to‘p surgan va shundan so‘ng PSJga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!