
Belinda Benchichni kim to‘xtatadi?
Shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich, "Hobart International" turnirining chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Belinda chorak finalda ukrainalik Dayana Yastremskayani dastlabki setda tay-brekda enggan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Xobart shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finaliga chiqqan Benchich endi slovakiyalik Anna Shmidlova, yoki ruminiyalik Irina-Kameli Beguga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar