Baxtiyor Ashurmatov: AGMKning taklifiga Ulug‘bek Baqoev bilan maslahatlashgan holda rozilik bildirganman

  • 29 yanvar, 2019, 19:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” bilan o‘tkazilgan nazorat bahsidan so‘ng “Buxoro” klubi matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan suhbat uyushtirdi. Quyida ushbu intervyuni o‘qishingiz mumkin.

Tecno

- Baxtiyor Azamovich AGMK jamoasidan ishdan ketganingizdan keyin, ko‘p vakt o‘tmasdan "Buxoro" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandingiz. “Buxoro”ga o‘tishingiz qanday sodir bo‘ldi?

- 2017 va 2018 yilning 1-davrasida Ulug‘bek Baqoev bilan birga samarali ishlashga harakat qildik. Ulug‘bek Istamovich kelajagi bor murabbiy ekanligini yaxshi natijalar bilan ko‘rsatdi. AGMK dan taklif bo‘lganda, u bilan maslahatlashib, bu taklifni qabul qildim. Jamoa rahbariyati, muxlislar bilan do‘stona xayrlashdim. Bu vaqt ichida oilaviy sharoiti va murabbiylik kurslarida o‘qiyotganligi sababli, Ulug‘bek Baqoev jamoa bilan xayrlashdi. AGMK dan ketganimdan keyin hech kancha vakt o‘tmasdan, jamoa rahbariyatidan Amrillo Abdullaevich va To‘ra Yodgorovich  menga ko‘ng‘irok qilishdi va Buxoroga taklif qilishdi. Buxoroga borib viloyat rahbari O‘ktam Isaevich bilan ko‘rishdim va jamoada ishlashga qaror qabul qildim. Jamoa rahbariyatining ishonchi, Buxorolik muxlislarning ishonchi meni bu taklifni qabul qilishimga sabab bo‘ldi.

- Toshkentdagi yig‘in qanday o‘tmokda? Bu yigindan ko‘nglingiz to‘lmokdami?

- Bu yig‘in rejalashtirilgan tarzda o‘tkazilmokda. O‘tgan yili o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynagan ko‘plab yoshlarga imkoniyat bermoqdamiz. Chunki rahbariyat bilan bo‘lgan uchrashuvda, nisbatan jamoani yoshartirish kerakligini, imkon darajasida mahalliy yoshlarga etibor berish kerakligini gaplashib olgan edik. Ko‘rikka kelganlarni sinovdan o‘tkazmoqdamiz. O‘rtoklik nazorat uchrashuvlarida maydonga tushyapmiz. Yigitlar mashg‘ulotlarda o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishmokda. Lekin o‘tkazilgan o‘rtoklik uchrashuvlari shu narsani ko‘rsatdiki, hamma yoshlarimiz xam hali yuqori saviyada o‘ynashga tayyor emaslar. Agar biz jamoa tarkibini kuchaytirmasak chempionat o‘yinlarida qiyin ahvolga tushib qolishimiz mumkin. 30-yanvar kuni So‘g‘diyonaga qarshi o‘yinda maydonga tushamiz va shu o‘yindan keyin jamoadagi futbolchilar bo‘yicha bir to‘xtamga kelamiz.

- Selektsiya ishlaridan ko‘nglingiz to‘lmoqdami? Yuqori saviyadagi o‘yinchilar jamoaga kam jalb qilinganidan muxlislar xavotirda?

- Selektsiya ishlaridan gapni ochig‘i ko‘nglim to‘lgani yuk. O‘zimda ham ozgina havotir bor. Chunki o‘tgan yilgi tarkibdan jamoani 12 ta futbolchi tark etdi. Bu degani jamoani yangitdan shakllantirish kerak bo‘ladi. Lekin bizda yana bir oy vaqt bor. Bu vaqt ichida jamoa tarkibini kuchaytira olamiz degan fikrdaman. Mahalliy futbolchilardan Bobur Amonov boshqa jamoaga o‘tib ketganligi, Sardor Sulaymonovga taklif bilan chiqqanimizda boshqa jamoa taklifini qabul qilganligi meni ozgina ranjitdi. Bobur Amonovga bu yilgi mavsumda katta ishonch bildirayotgan edim. U bilan agar chet el jamoasidan taklif bo‘lmasa birga ishlaymiz deb kelishib ko‘ygan edik. Smetamiz o‘tgan yilgiga nisbatan kamayganiga qaramasdan, o‘tgan yilgidek mablag‘ to‘lashga rozi edik. Mablag‘ tomondan yaxshiroq taklif bo‘lganligi sababli, oxirgi paytda boshqa jamoaga o‘tishga qaror kildi. Futbolchilarning xam oilasi bor, ularni xam to‘g‘ri tushunish kerak. Unga omad tilayman. Lekin jamoa qiyin vaziyatda kolganda, bu futbolchilar jamoaga yordam beradi degan umidda edim. Mahalliy futbolchilarga ishonch bildiramiz demoqdamiz, lekin juda qiziq vaziyat bo‘lmoqda. Maxalliy futbolchilardan manfaatliroq taklif bo‘lgani boshqa jamoalarga o‘tib ketmoqda, faqat boshqa jamoalardan taklifi yuq futbolchilar jamoada qolmoqda. Demak bu futbolchilarga ham imkoniyat berib o‘ynatsak, ertaga taklif bo‘lsa jamoani tashlab ketar ekan. Oldin futbolchilarda o‘ynab turgan jamoasiga nisbatan fidoiylik, mehr, o‘z shahri jamoasiga nisbatan muhabbat va sodiqlik, o‘z shahri muxlislariga nisbatan xurmat bo‘lar edi. Hozir esa birinchi o‘ringa moliyaviy xolat chiqayotganligi achinarli xolat.Buxorolik futbolchilardan bitta Shavkat Salomovga e’tirozim yo‘k, jamoani yoshartirayotganimiz sababli do‘stona, bir birimizga omad tilagan xolda xayrlashdik.

- Jamoada hozir vaziyat qanaqa? Moliyaviy muammolar bartaraf etilmoqdami?

- Gapni ochig‘i jamoani qabul kilib olganimda jamoadagi muammolardan habarim bor edi. Rahbariyat bilan ko‘rishganimizda muammolar bartaraf etilishi va yangi mavsumga jamoa tuzishda smetamizdan kelib chiqib jamoa tuzish kerakligi haqida gaplashib olgan edik. Rahbariyat muammolarni bartaraf etish yo‘lida tinimsiz harakat qilishmoqda. O‘tgan yilgi mavsum uchun oylik maoshidan qarzdorliklar bartaraf etildi. Yaqin kunlarda boshqa qarzdorliklarni xam berkitish ustida ish olib borilmoqda. Toshkentda o‘quv yig‘ini o‘tkazishimiz uchun hamma sharoitlarni yaratib berishmoqda. Buxoroda maydon chimini yaxshilash, uyingohning o‘zida katta hajmda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Rostini aytsam Ulug‘bek Baqoev bilan jamoani qabul qilib olganimizda, 2016-yildan olti milliarddan oshiq karz bilan jamoani qabul qilib olgan edik. Shu qarzdorlik yildan yilga o‘tib kelmokda. Bizning birinchi maqsadimiz bu yilgi smetadagi pulni kerakli joyga yo‘naltirib bu yilgi mavsumdan qarzsiz chiqish.Bu yil o‘tgan yilgiga nisbatan smetamiz ikki barovar qiskargan. Shu sababli ham vaziyatdan kelib chiqib transfer ishlarini olib bormoqdamiz. Lekin shunga qaramasdan jamoamiz rahbariyati jamoada muammo bo‘lmasligi uchun harakat qilishmokda. Jamoamiz rahbari Shuhrat Qo‘zievich xam yosh, shijoatli yigit. Jamoadagi vaziyatni yaxshilash uchun tinimsiz izlanmoqda.

- Jamoaga yana yangi futbolchilar taklif qilinadimi? Yangi mavsumda jamoa oldiga qanday maksad kuyiladi?

- Albatta jamoaga yana yangi futbolchilar taklif qilinadi. Yaxshi saviyadagi futbolchilarga taklif bilan chikyapmiz, lekin unga boshka jamoalardan yaxshi taklif bulaetganligi sababli bu transferlar amalga oshmayapti. Aytmokchi bulganim selektsiya ishlarida rakobatda boshka jamoalarga yutkazmokdamiz. Hozirgi tarkibimizda yana kamida 8 ta futbolchi jalb qilishimiz kerak bo‘ladi. Jamoada qolishga rozi bo‘lgan Salamat Qutiboev, agar moliyaviy tomondan muammo bo‘lmasa birga ishlaymiz deb biz bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashayotgan Ivan Nagaevdan minnatdorman. Bu yuqori saviyadagi futbolchilar biz bilan birga bo‘lsa, qolgan futbolchilar xam ulardan ko‘p narsa o‘rganishadi. Sidorov bilan kelishuvga erishgan edik. Ko‘lidan jarohat oldi va jamoamizning mart oyidagi uyinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu yilgi mavsum qiyin bo‘lishi mumkin lekin, bizning eng kuchli tomonimiz muxlislarimiz. Fidoiy muxlislarimiz jamoani qiyin vaziyatda xam qo‘llab kuvvatlashlariga ishonchim komil. Men jamoani qabul qilib olganimda jamoani yaxshi va og‘ir kunlarida ham birga bo‘laman deb, jamoani jangovor va kurashchan, yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar katoriga qo‘shaman deb yaxshi niyatda kelganman. Mavsum boshlanishidan oldin jamoa rahbariyati bilan bo‘ladigan uchrashuvda jamoaning yangi mavsumda vazifa va maqsadlarini aniqlab olamiz. To‘g‘ri hozir vaziyat biz xohlaganday emas lekin, biz taslim bo‘lmaymiz. Xudo xohlasa muhlislarimiz ishonchi va qo‘llab quvvatlashi, rahbariyatimizni qo‘llab quvvatlashi yordamida bu qiyin vaziyatdan chiqib ketamiz. Fidoiy, jonkuyar muxlislarimiz futbolchilarimiz baxtiga doimo sog‘ bo‘lishsin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
30/01/2019 00:32
Эски ва чириб кетган система шунчалик жонга тегдики...
Хар мавсум узгарадиган жамоалар.
100% таркиб алмашиши.
Савиясиз легионерлар.
Тайини йук мураббийлар.
Йил бошида "жиддий вазифалар" хакида гап-суз.
Мавсум охирида "Омад ва тажриба етишмаслиги"