
"Bavariya" prezidenti Boatengning jamoada qolishini aytdi
Myunxenning "Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness himoyachi Jerom Boatengning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Boateng? Agar eshitgan bo‘lsangiz kecha Boatengning “Bavariya”da qolishi haqida gapirgan edim”, - deydi Xyoness.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 29 yoshli germaniyalik futbolchining PSJga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar