
Batshuayiga La Liga klubi xaridor bo‘lmoqda
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Mishi Batshuayi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Belgiya terma jamoasi a’zosiga “Sevilya” klubi jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Batshuayi yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmini Dortmundning “Borussiya” klubida ijara asosida o‘tkazgan edi. Biroq, yakunda nemis grandi uni sotib olishni istamadi.
Fikrlar