
Bartomeu: "Barselona" Pogbaga taklif bildirmagan
"Barselona" prezidenti Jozep Mariya Bartomeu klub o‘tgan yoz "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaga taklif bilan murojaat qilgani haqidagi xabarni inkor etdi.
“Pogba uchun “Yunayted”ga Yerri Mina va Andre Gomeshlarni taklif qilganimiz haqidagi xabarlar hech qanday asosga ega emas. Men Ed Vudvord bilan bu masalada gaplashmaganman. Bu shunchaki mish-mish. Klub futbolchini sotmoqchi emasmi, demak u sotilmaydi. Pogba ham “Manchester Yunayted” safida hali uzoq yillar to‘p suradi deb o‘ylayman. Chunki buyuk futbolchilar o‘z etakchilarini saqlab qolishni xohlashadi”, - deydi Bartomeu.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari keskinlashayotgan Pogbaning qishda MYudan ketishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar