
“Barselona” vitse-prezidenti: Pogbaning "Barsa"ga o‘tish istagida ekanligi haqida eshitmadim
“Barselona” klubi vitse-prezidenti Jordi Mestre jamoaning "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Pogba? Biz odatda boshqa jamoada to‘p surayotgan futbolchilar haqida gapirmaymiz. Biroq Pogbaning “Manchester Yunayted”dan norozi bo‘layotgani haqida o‘qidim. Xatto, uning agenti Mino Rayola ham uning boshqa jamoaga o‘tish istagida ekanligini eshitib g‘azablandi. Lekin uning “Barselona”ga o‘tish niyati bor ekanligi haqida eshitmadim. Albatta, u yuqori saviyadagi futbolchi hisoblanadi”, - deydi Mestre.
Fikrlar