
"Barselona" "Tuluza"ning 18 yoshli futbolchisini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Frantsiyaning “Tuluza” klubi yarim himoyachisi Jan-Kler Todibo “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Qayd etish lozimki, 18 yoshli futbolchi nafaqat yarim himoyada, balki himoya markazida ham to‘p sura oladi. Uni shaxsan kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal kuzatuv ostiga olgan.
Unga shuningdek «Real», «Yuventus», «Manchester Yunayted» va «Napoli» klublari ham befarq emas.
Ma’lumot uchun, Todibo joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar