«Barsa» «Lion»ni yutish uchun nima qilishi​ kerak? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 24 fevral, 2019, 11:32
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘tgan hafta Evropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali dastlabki uchrashuvida safarda “Lion” mehmoni bo‘ldi va nursiz durang bilan javob o‘yini oldidan o‘zini biroz qiynab qo‘ydi.

Tecno

Odatda osonlikcha gollar uradigan kataloniyaliklar o‘tgan shanba kuni La Liga doirasida “Real Valyadolid”ga qarshi o‘yingacha qatorasiga uch o‘yinda durang o‘ynadi. To‘rt o‘yinda atigi to‘rt gol urishdi.

Shulardan uchtasi Lionel Messining hisobiga to‘g‘ri keldi. Shundan ikkitasini argentinalik futbol dahosi penaltidan kiritdi. Ammo dunyoning eng kuchli futbolchisi jamoa etakchisi va to‘purari Fekirsiz qolgan “Lion”ni enga olmadi.

Luis Suares EChLda navbatdagi o‘yinida ham golsiz maydonni tark etishiga to‘g‘ri keldi. Ko‘hna qit’aning nufuzli musobaqasida u beshala o‘yinda ham gol ura olmadi.

Umumiy olganda, urugvaylik hujumchi 24 soatdan beri birorta gol urolmay kelmoqda. “Lion”ga qarshi bahsda hujumchi bir qator qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurdi va jamoadoshlarining hujumlari besamar yakun topishiga “hissasi”ni qo‘shdi.

Suaresning bunday o‘yin namoyish qilishi jamoa uchun muammo bo‘ladi. Xatto yanvarda olib kelingan Kevin-Prins Boateng ham asosiy tarkib futbolchisi bo‘la olmasligini isbotlab qo‘ydi. Balki, yaxshisi “Barsa” Suares variantini chetga surib qo‘yar?

Valverde uni maydon chetida qoldirib Messidan “aldamchi to‘qqizlik” vazifasida foydalanib ko‘rar? Qanotlarda Usmon Dembele va Filippe Koutino yoki Malkomlarni o‘ynatib ko‘rishi mumkin.

Dembele frantsuz klubiga qarshi o‘ziga xos bo‘lmagan o‘yin uslubini namoyish qildi. Ammo kamdan-kam hollarda u bunday o‘ynaydi.

Uning zarbalari va uzatmalarini tahmin qilib bo‘lmadi. Muxlislarning noroziligiga ham sababchi bo‘ldi.

U sport formasida bo‘lmasa ham, tezligi, oldindan bilib bo‘lmasligi va muhim gollarni urish qobiliyati bilan bir o‘zi o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin.

U bunday lahzalarni joriy mavsumda bir necha marta ko‘rsatib berdi.

Valverde uni o‘yin tugashiga chorak vaqt qolganida zaxiraga oldi va “Barsa” usiz juda qiynalib qoldi. Messi maydonda bo‘sh zonalarni topishda qiynalib qoldi.

“Lion” himoyasi “Borussiya Dortmund”ning sobiq vakili hujumlaridan ko‘ra ko‘proq Koutinoni “qurolsizlantirish”da ustunlikka erishishdi.

“Lion” klubi bu mavsumda EChLning har bir o‘yinida o‘z darvozasidan kamida bitta gol o‘tkazib yuborgan. “Ko‘k-anorranglilar”ga qarshi nursiz durang frantsuz klubi foydasiga ishlashi mumkin. “Kamp Nou”da har qanday golli durang ularni chorak final bosqichiga olib chiqadi.

Garchi javob o‘yinida ham kataloniyaliklar favorit hisoblanishsada, “Lion” munosib qarshilik ko‘rsata oladi.

Ular ushbu mavsumda uchchala safar o‘yinining barchasida gol urishga erishgan. “Xoffenxaym” va “Shaxtyor” bilan durang o‘ynab, “Manchester Siti”ni sensatsion tarzda mag‘lub etgandi.

Bu statistika ular safarda ham gol ura olishini isbotlaydi. Boz ustiga Nabil Fekir javob o‘yinida albatta ishtirok etadi. Demak, Valverde o‘ziga xos tarzda o‘zgarish qilmasa “Roma”ga qarshi o‘yindan hech qanday xulosa qilmagan bo‘lib chiqadi.

(Maqola kechagi o‘yindan oldin yozilgan)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
kuperlox
24/02/2019 15:10
балки мессининг ашаддий ишкибозидирман, лекин барса мессини уйини чикмаса хеч нарса кила олмаяпти... фикрлар булса мархамат.