
"Ayntraxt" forvardi Bundesligada rekord o‘rnatdi
"Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich kecha Bundesliganing 8-turida “Fortuna”ga qarshi bahsda 5ta gol urishga erishdi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra serbiyalik futbolchi shu tariqa Germaniya Bundesligasi tarixida penta-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. U kecha roppa-rosa 20 yoshu 300 kunlik edi.
Ma’lumot uchun, Yovich “Ayntraxt” safida 2017 yildan buyon ijara asosida to‘p surib kelmoqda. Uning transferi Lissabonning “Benfika” klubiga tegishli.
Fikrlar