
"Ayntraxt" "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund qila olmagan ishni uddaladi
Adolf Xyutter shogirdlari Evropa ligasi guruh boschiqidagi barcha uchrashuvlarni o‘z foydalariga hal etishdi. Shu vaqtga qadar birorta nemis klubi evrokuboklarda bunday natija qayd etmagan edi.
Ya’ni frankfurtliklar o‘z guruhlarida «Latsio» (4:1 va 2:1), «Apollon» (2:0 va 3:2) hamda «Marsel» (2:1 va 4:0) jamoalarini ikki marta mag‘lub etishdi.
Endi ular 1/16 final bosqichidagi raqiblarini dushanba kuni Shveytsariyada o‘tadigan qur’a tashlash marosimidan so‘ng bilib olishadi.
Fikrlar